Bolangizni qo‘shimcha ovqatlantirishni glyutensiz yorma asosidagi mayin bir komponentli NESTLÉ® grechka bo‘tqasi bilan boshlang!
NESTLÉ® bo‘tqasidagi MULTIFOYDA — bu har bir likopchadagi g‘amxo‘rlikning 4 o‘lchami:
Probiotik BL: ichak mikroflorasi va immunitet uchun foyda;
Rux va kalsiy, C, D vitaminlari: bolaning o‘sishi va jismoniy rivojlanishi uchun;
B guruhi vitaminlari va temir: miya va kognitiv rivojlanish uchun;
Chaynash ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun moslashtirilgan tekstura.
Tarkibida qo‘shimcha shakar yo‘q, bu esa to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirishga va go‘dakning salomatligiga erta yoshdan g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradi. Don va mevalarning yoqimli ta’mi kichkintoyingizni xursand qiladi. Palma yog‘isiz.
Nestlé® bo‘tqalari bilan bolaning o‘sish va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan narsalarni berish juda oson!
MUHIM ESLATMA: Bola uchun mukammal ozuqa ona sutidir. Nestlé Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hayotning dastlabki 6 oy davomida faqat emizishni, so'ngra 2 yoshgacha va undan keyin emizishni davom ettirish bilan birga qo'shimcha ovqat kiritish bo'yicha tavsiyasini to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Shifokor maslahati talab qilinadi.
Tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar:
Qaynatmang! Bolani toza qoshiq bilan ovqatlantiring. Bo‘tqa bevosita har bir oziqlantirishdan oldin tayyorlanishi kerak. Qadoqdagi ko'rsatmalarga amal qiling. Ovqatlantirishdan qolgan suyultirilgan bo'tqani saqlamang. Yangi mahsulotni 1 choy qoshiqdan boshlab, asta-sekin portsiyani kerakli hajmga oshirib kiriting.

