Miya kasalliklari dunyodagi "nogironlik" ning eng keng tarqalgan sababidir. Parkinson kasalligi esa eng tez rivojlanayotgan kasallikdir: so‘nggi yigirma besh yil ichida unga chalingan bemorlar soni ikki baravar ko‘payib, olti millionga yetdi. Hozirgi o'sish sur'atida, 2040 yilga borib kasallanishlar soni to'rt baravarga ko'payishi prognoz qilinmoqda. Nima uchun Parkinson shunchalik "mashhur" bo'ldi? Bu, birinchi navbatda, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirishda ishlatiladigan pestitsidlar tufayli. Lekin bu hammasi emas. Ushbu kitob kasallikning rivojlanish mexanizmlari haqida batafsil ma'lumot beradi, hozirda ma'lum bo'lgan sabablar va oqibatlarni tavsiflaydi, shuningdek, ushbu dahshatli va halokatli kasallikka hech qachon duch kelmaslikka imkon beradigan rejani taklif qiladi.

