"Neonatal Reanimatsiya" darsligi tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrlar, ordinatorlar, neonatologlar, pediatrlar va reanimatologlar uchun mo'ljallangan zamonaviy o'quv qo'llanmadir.
Kitobda yangi tug'ilgan chaqaloqlarda uchraydigan shoshilinch holatlar, neonatal reanimatsiya algoritmlari, nafas yo'llarini tiklash, sun'iy nafas berish, yurak-o'pka reanimatsiyasi, intensiv terapiya tamoyillari hamda zamonaviy davolash usullari batafsil yoritilgan.

