• EXD 2.5 signal kuchaytirgichlar kaskadi. So‘nggi avlod ikki karra LNA-kuchaytirgich kuchsiz signal impulslarini, jumladan, aniqlash qiyin bo‘lgan kam quvvatli radarlar signallarini kuchaytirish hisobiga maksimal aniqlash masofasini ta’minlaydi.
• Kattalashtirilgan rupor antenna. Kengaytirilgan og‘iz qismiga ega katta rupor politsiya radarlarining signallarini oldindan aniqlash imkonini beradi va impulslarni qabul qilishning keng burchagini ta’minlaydi.
• Noyob MULTA moduli. O‘zbekistondagi eng murakkab radar tizimlaridan biri bo‘lgan MULTARADAR’ni aniqlash uchun mo‘ljallangan alohida apparat moduli.
• Signal kuchaytirgichli lazer qabul qilgich. «Poliscan» lazer radarini hatto «orqadan» ham aniq va tez aniqlash imkonini beradi.
Neoline Connect. Wi-Fi qo‘llab-quvvatlashi
Mashinadan chiqmasdan turib, qurilmani yangilang va boshqaring. Ichki Wi-Fi moduli mobil ilova orqali kameralarning yangilangan bazalari va proshivkalarni o'zingizga qulay bo'lgan vaqtda va joyda yuklab olish imkonini beradi. Videoni smartfon ekranida bir zumda ko'rishingiz, shuningdek, muhim videolarni messenjerlarga yuborish yoki protokol uchun telefon xotirasiga ko'chirib olishingiz mumkin.

