Agar maktabingda suzish darslari boshlansa, ehtiyot bo‘l – to‘satdan oyoqlaring yettinchi sinf o‘quvchisi Emiliga o‘xshab dumga aylanib qolishi mumkin. Qiz o‘zining yarim suv parisi ekanligini bilib, dengiz xalqi bilan tanishish va hech qachon uchratmagan otasini topish uchun sirli suv osti dunyosiga sayohatga chiqadi. Emilini aql bovar qilmaydigan va xavfli sarguzashtlar kutmoqda: u o‘z tug‘ilishining sirini ochishi, barcha suv parilari va tritonlarni uyg‘ongan dengiz maxluqidan qutqarishi, dengiz podshosi Neptunga allaqachon yo‘qotilgan muhabbatini qaytarishga yordam berishi, o‘zidan la’natni olib tashlashi va eng muhim vazifani bajarishi - odamlarni okean jonivorlari bilan yarashtirishi kerak bo‘ladi.

