Savdo belgisi:
Neo Fito C 1000®
Chiqarilish shakli: Kapsula №30 blisterda.
Tarkibi: Ext. fructus rosae 300 mg; ехt. Prunus salicina Lindl 100mg; СoQ10 50 mg; Vit.B6 - 1.5 mg; Vit.B9 - 100 mcg; Vit.B12 - 2 mcg. Ca2+ 28 mg; Mg2+ 8; K+ 23 mg; P 8 mg; Mn 19 mg; Cu 3,7 mg; Mo 4,3 mg. Yordamchi moddalar: mkts, natriy benzoat, kaltsiy stearat.
Farmako-terapevtik guruh: Polivitaminlar va minerallar.
Farmakologik xususiyatlari: Neo Fito C 1000® vitaminlar, makro va mikro elementlar bilan kombinatsiyalangan vosita.
Na’matak ekstrakti (Ext. fructus rosae) – na’matak o'simligi mevalaridan olingan multivitaminli vosita, gumoral va hujayraviy immunitetni qo’llab-quvvatlovchi, organizmni kasalliklarga chidamliligini oshiruvchi ta'sirga ega. Qon-tomirlarni o’tkazuvchanligini yaxshilaydi to’qimalarda qon mikrosirkulyatsyasini rag’batlantiradi. Yumshoq to’qimalar va suyaklarda regenerativ jarayonlarni kuchaytiradi. Askorbin kislotasininng tabiiy manbai hisoblanadi. Bundan tashqari na’matak ekstrakti tarkibida inson hayoti uchun muhim bo’lgan kalsiy, magniy, kaliy, fosfor, marganes, mis, molibden kabi makro- va mikroelementlar mavjud.
Qora olxo’ri extrakti (ext. Prunus salicina Lindl) - Olxo'ri extrakti tarkibidagi vitaminlar va mikroelementlar organizmning zararsizlantirish reaktsiyalarida, temir va boshqa mikroelementlarning so'rilishida, inson immunitet tizimining me’yorida ishlashida ishtirok etadi. O’lxo'ri ekstrakti inson organizmiga antioksidant, mikroblarga qarshi, yallig'lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi.Oshqozon-ichak traktining faoliyatini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimiga faoliyatini me’yorga soladi.
Koenzim Q10 yoki CoQ10 - bu inson tanasining barcha hujayralarida mavjud bo'lgan yog'da eriydigan antioksidant bo'lib, organizm hujayralari mitoxondriyalarida eng yuqori miqdorda bo’ladi. CoQ10 vitaminga o'xshash koferment hisoblanuvchi tabiiy modda u organizm hujayralarida energiya almashinuvi va hujayra nafas olish jarayonlarida qatnashadi. Hujayralarda ATF sintezini oshiradi. CoQ10 hujayra devorini turli zaharli moddalar oksidantlardan himoya qilib, klinik jihatdan muhim antioksidant ta'sirga ega. Organizmni turli tashqi ta’sirlarga qarshi chidamliligini oshirib immunitetni kuchaytiradi.
Foliy kislotasi(vitamin B9) – organizmdagi barcha hujayralarning bo’linib ko’payishi va shakllanishida ishtirok etadi. Shu jumladan qon hujayralari megaloblastlarning normal yetilishi va normomoblastlar shakllanishi uchun zarurdir. Qon hosil bo’lishida va hujayralarda aminokislotalar sintezida qatnashadi.
Tsianocobalamin (vitamin B12) - B12 vitamini va foliy kislotasi o'zaro bog'liq vitaminlardir, shuning uchun ularni birgalikda qabul qilinishi tavsiya etiladi. B12 vitaminining yetishmasligi qisman yoki ikkilamchi foliy kislotasi tanqisligi va shunga bog’liq kamqonlik va boshqa kasalliklar rivojlanishiga olib keladi.
Piridoksin (vitamin B6) - nerv hujayralari metabolizmini tartibga solishda va boshqa ko'plab modda almashinuv jarayonlarida faol qatnashadi. B6 vitamini oshqozon-ichak traktidan kalsiy, magniy, temir va boshqa elementlarning so'rilishini va hujayralarga kirib borishini ta’minlaydi.
Farmakokinetikasi: komponentlarini har birini markerlab biologik tadqiqot orqali organizmda kuzatish iloji yo`qligi sabab, kinetikasini o`rganish imkonsiz deb topilgan.
Qo’llashga ko`rsatmalar:
• Gipovitaminoz C profilaktikasida, kundalik vitaminlarga bo’lgan ehtiyojni to’ldirish maqsadida;
• Gripp va turli virusli kasalliklarni oldini olish va asoratlaridan tiklanish davrida;
• O’tkir va surunkali gepatitlarda;
• Anoreksiya, ishtaha pasayishi; tana vazni kamligi;
• Homiladorlik va laktatsiya davrida gipovitaminoz va mineral moddalar yetishmasligini oldini olishda;
• Antibakterial davolash kurslarida va ulardan keyin vitaminlar balansini tiklash;
• Saraton kasalligida nur va kimyoviy terapiyadan so’ng, organizm umumiy quvvatini oshirish maqsadida;
• Asteniya, surunkali charchash sindromida;
Qo’llash tartibi: Tana vazni 70 kg gacha bo'lgan kattalar 1 kapsuladan 1 mahal kunning birinchi yarmida ovqat bilan qabul qilinadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida (emizish paytida) shifokor ko’rsatmasiga binoan tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish mumkin. Tana vazni 70 kg dan yuqori bo'lgan kattalar 2 kapsuladan 1 mahal kunning birinchi yarmida ovqat bilan qabul qilinadi.
Qo`llashga qarshi ko`rsatmalar: Preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; 12 yoshgacha bo’lgan bolalar.
Boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri: Neo Fito C 1000® jigar kasalliklarida qo’llaniluvchi gepatoprotektorlar (fosfolipid+polivitaminlar) ta’sirini kuchaytiradi.
Nojuya ta’sirlari: Neo Fito C 1000® odatda yaxshi o’zlashtiriladi. Kamdan kam hollarda allergik reaktsiyalar.
Berilish tartibi: shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi: MCHJ “Bio Time” ekskluziv “Neogroupstyle” kompaniyasi uchun. O`zbekistonda ishlab chiqarilgan.

