Savdo belgisi:
Neo Fito C 1000®
Chiqarilish shakli: 175 ml sirop, flakonda.
Tarkibi: 10 ml siropdagi faol moddalar: Ext. fructus rosae 3000 mg; Ascorbic acid 1000 mg; Сoenzyme Q10 50 mg; Folic acid - 100 mcg; Pyridoxine - 1.5 mg; Cyanocobalamin - 2 mcg. Ca2+ 28 mg; Mg2+ 8mg; K+ 23 mg; P 8 mg; Mn 19 mg; Cu 3.7 mg; Mo 4,3 mg. Yordamchi moddalar: distillangan suv, mkts, natriy benzoate, limon kislotasi.
Farmako-terapevtik guruh: Polivitaminlar va minerallar.
Farmakologik xususiyatlari: Neo Fito C 1000® vitaminlar, makro va mikro elementlar bilan kombinatsiyalangan vosita. Farmakologik ta’siri uning tarkibidagi aktiv moddalar – na’matak ekstrakti, vitamin B6, vitamin B9, vitamin B12 hamda makro- va mikro elementlar bilan bog’liqdir.
Na’matak ekstrakti – na’matak o'simligi mevalaridan olingan multivitaminli vosita, gumoral va hujayraviy immunitetni qo’llab-quvvatlovchi, organizmni kasalliklarga chidamliligini oshiruvchi ta'sirga ega. Qon-tomirlarni o’tkazuvchanligini yaxshilaydi to’qimalarda qon mikrosirkulyatsyasini rag’batlantiradi. Yumshoq to’qimalar va suyaklarda regenerativ jarayonlarni kuchaytiradi. Askorbin kislotasininng tabiiy manbai hisoblanadi. Bundan tashqari na’matak ekstrakti tarkibida inson hayoti uchun muhim bo’lgan kalsiy, magniy, kaliy, fosfor, marganes, mis, molibden kabi makro- va mikroelementlar mavjud.
Koenzim Q10 yoki CoQ10 - bu inson tanasining barcha hujayralarida mavjud bo'lgan yog'da eriydigan antioksidant bo'lib, organism hujayralari mitoxondriyalarida eng yuqori miqdorda bo’ladi. CoQ10 vitaminga o'xshash koferment hisoblanuvchi tabiiy modda u organizm hujayralarida energiya almashinuvi va hujayra nafas olish jarayonlarida qatnashadi. Hujayralarda ATF sintezini oshiradi. CoQ10 hujayra devorini turli zaharli moddalar oksidantlardan himoya qilib, klinik jihatdan muhim antioksidant ta'sirga ega. Organizmni turli tashqi ta’sirlarga qarshi chidamliligini oshirib immunitetni kuchaytiradi.
Foliy kislotasi(vitamin B9) – organizmdagi barcha hujayralarning bo’linib ko’payishi va shakllanishida ishtirok etadi. Shu jumladan qon hujayralari megaloblastlarning normal yetilishi va normomoblastlar shakllanishi uchun zarurdir. Qon hosil bo’lishida va hujayralarda aminokislotalar sintezida qatnashadi.
Tsianocobalamin (vitamin B12) - B12 vitamini va foliy kislotasi o'zaro bog'liq vitaminlardir, shuning uchun ularni birgalikda qabul qilinishi tavsiya etiladi. B12 vitaminining yetishmasligi qisman yoki ikkilamchi foliy kislotasi tanqisligi va shunga bog’liq kamqonlik r rivojlanishiga olib keladi.
Piridoksin (vitamin B6) - nerv hujayralari metabolizmini tartibga solishda va boshqa ko'plab modda almashinuv jarayonlarida faol qatnashadi. B6 vitamini oshqozon-ichak traktidan kalsiy, magniy, temir va boshqa elementlarning so'rilishini va hujayralarga kirib borishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi: komponentlarini har birini markerlab biologik tadqiqot orqali organizmda kuzatish iloji yo`qligi sabab, kinetikasini o`rganish imkonsiz deb topilgan. Farmakologik tadqiqotlar ham o’tkazilmagan.
Qo’llashga ko`rsatmalar:
• Gipovitaminoz C profilaktikasida, kundalik vitaminlarga bo’lgan ehtiyojni to’ldirish maqsadida;
• Gripp va turli virusli kasalliklarni oldini olish va asoratlaridan tiklanish davrida;
• O’tkir va surunkali gepatitlarda;
• Anoreksiya, ishtaha pasayishi; tana vazni kamligi;
• Homiladorlik va laktatsiya davrida gipovitaminoz va mineral moddalar yetishmasligini oldini olishda;
• Antibakterial davolash kurslarida va ulardan keyin vitaminlar balansini tiklash;
• Saraton kasalligida nur va kimyoviy terapiyadan so’ng, organizm umumiy quvvatini oshirish maqsadida;
• Asteniya, surunkali charchash sindromida;
Qo’llash tartibi: Ovqatdan 30 daqiqa oldin dozator qoshiqcha orqali (2.5ml-5ml) 0,5 stakan iliq suvda eritib qabul qilinadi.
Bolalar 6oydan – 3 yoshgacha 0.5 d.q / 2 mahal
Bolalar 3 yoshdan – 12 yoshgacha 1-2 d.q / 2mahal
Kattalar, ayollar homiladorlik va laktatsiya davrida 2-3 d.q / 2 mahal
Qo`llashga qarshi ko`rsatmalar:
Preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
Boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri: Neo Fito C 1000® jigar kasalliklarida qo’llaniluvchi gepatoprotektorlar (fosfolipid+polivitaminlar) ta’sirini kuchaytiradi.
Nojuya ta’sirlari: Neo Fito C 1000® odatda yaxshi o’zlashtiriladi. Kamdan kam hollarda allergik reaktsiyalar.
Berilish tartibi: shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi: MCHJ “Bio Time” ekskluziv “Neogroupstyle” kompaniyasi uchun. O`zbekistonda ishlab chiqarilgan.

