"#HateLove" — Anna Jeynning mashhur dilogiyasi davomi bo‘lib, u yangicha sovg‘abop dizayn hamda Karina Yashaginaning ajoyib illyustratsiyalari bilan taqdim etilmoqda. Bu roman muallif muxlislarining, shuningdek, romantik adabiyot va jonli zamonaviy nasrni qadrlaydigan barcha kitobxonlarning qalbidan chuqur joy olishga loyiq asardir.
"Muhabbatim nafratga aylandi. Danya menga xiyonat qildi. Uning hayotida boshqa bir qiz, menikida esa boshqa bir yigit bor. Bizga tegishli bo‘lgan o‘sha olam bir kunda parchalanib ketdi.
Uning jahlini chiqarish uchun baxtli yashashga qaror qildim. Endi u qayerda paydo bo‘lmasin, menga qilgan shafqatsiz munosabatini eslatish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Biroq, nazarimda, Danya ham hech narsani unutmagan. Nimagadir, unga eng muhtoj bo‘lgan paytlarimda u hamon yonimda paydo bo‘laveradi."

