C.C CREAM COLOR CHANGE ko‘p funksiyali professional tonal berkituvchi vositasi teringizga bir tekis ton, chidamli natija hamda kompleks parvarishni ta’minlaydi. Krem teringiz rangiga moslashib, uni oqartiradi va tabiiy jilo beradi, natijada yuzingiz parvarishlangan, sog‘lom va tetik ko‘rinishga ega bo‘ladi. Krem bir vaqtning o‘zida teridagi kamchiliklarni berkitadi, oqartiradi, ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi va terini yoshartiradi. Ipakdek yengil teksturaga ega bo‘lib, yupqa va tekis qatlam bo‘lib surtiladi, teshikchalarni (poralarni) to‘sib qo‘ymaydi va dumaloq bo‘lib yig‘ilib qolmaydi.
C.C CREAM COLOR CHANGE tarkibiga quyidagilar kiradi:
Adenozin hujayralarning tezkor yangilanishiga, kollagen va elastin ishlab chiqarilishiga yordam beradi, yallig‘lanishga qarshi hamda jarohatni bitiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, hayratlanarli darajada yoshartiruvchi samara beradi.
Niacinamid (B3 vitamini) kollagen sintezini rag‘batlantirishga va terining himoya funksiyalarini yaxshilashga yordam beradi, teridan namlikning transepidermal yo‘qolishini kamaytirishga va pigmentatsiyani pasaytirishga ko‘maklashadi, terini yumshatadi, uning elastikligini oshiradi, namlaydi, teshikchalarni toraytiradi va tinchlantiradi. Sezuvchan teri uchun qo‘llanilganda samarali bo‘lib, ilituvchi ta’sir ko‘rsatadi, qon mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi va terini oqartiradi.
Gialuron kislotasi terini namlik bilan to‘yintiradi va uni ushlab turadi.
Aloe vera geli namlaydi, jarohatlarni bitiradi va antibakterial ta’sirga ega.
Kollagen elastiklikni oshiradi va namlaydi.
C.C CREAM COLOR CHANGE barcha turdagi terilar uchun mos keladi. Yuz terisiga parvarish vositalaridan so‘ng surtiladi, rangga moslashishi uchun 5 daqiqa qoldiriladi va keyin makiyajni davom ettirish mumkin.

