O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining nemis tilida tahsil oluvchi 1-11-sinf o‘quvchilari uchun Germaniyaning «Klett» nashriyoti hamda «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida nemis tili darsligining mashq daftari nashr qilingan. Nemis tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan va o‘rganayotgan o‘quvchilar mana shu mashq daftaridan samarali foydalanishlari mumkin.

