O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli bolalar shoiri Ne'mat Dushayev she'rlaridagi quvnoq ruh, ichki ohang, kutilmagan to'qnashuvlar o'quvchini beixtiyor o'ziga tortadi. Ulardagi g'aroyibotlar xayolingizni parmalaydi, tasavvuringizni boyitadi, ichki nigohingizni jonlantiradi.
Tavalludining 60 yilligi munosabati bilan shoir ijodi namunalaridan tayyorlangan to'rt kitobdan iborat «Saylanma»ning ushbu birinchi kitobida muallif tomonidan turli yillarda Siz bolajonlarga atab bitgan shehrlari va yangi ijod namunalari o'rin oldi.
O'ylaymizki, ushbu nashr yosh kitobxonlar tafakkurini kengaytiradi, ularlga bir olam badiiy-estetik kayfiyat bag'ishlaydi.

