• Ne’mat Arslon: Oy Jodusi
Ne’mat Arslon hayotda biroz tortinchoq va ehtiyotkor inson. Ammo yozuvchi sifatida buning mutlaqo teskarisi. Hech bir ijod ahliga o‘xshamaydigan shakkok va qaysar. Uning ijod olamida bu- tunlay yangi yo‘llarni, betakror yo‘nalishlarni, boshqa ijodkor- lar tomonidan qo‘llanilmagan uslub tovlanishlarini ko‘ramiz. Yozuvchi novellalarida tekis yo‘lni qo‘yib, og‘ir va mashaqqatli, notanish so‘qmoqlardan yurishga bo‘lgan ishtiyoq ustunlik qiladi. Ne’mat Arslonga xos o‘sha shakkoklik bo‘rtib, ko‘rinib turadi. No- an’anaviy uslubda bitilgan yozuvchi novellalari siz aziz kitob- xonlarni befarq qoldirmasligiga ishonamiz.

