«Nega biz uxlaymiz. Uyqu va tushlar haqidagi yangi fan» — professor va uyqu tadqiqotchisi Metyu Uokerning hayotimizning muhim qismlaridan biri — uyquga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop kitobi.
Muallif uyqu bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlar haqida sodda va tushunarli tilda so‘z yuritadi hamda uyquning miya faoliyati, xotira shakllanishi, hissiy holat va inson salomatligidagi o‘rnini tushuntiradi. Kitobda nima sababdan tush ko‘rishimiz, uyqu vaqtida organizmda qanday jarayonlar sodir bo‘lishi va uyqu yetishmasligi hayot sifatiga qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumot beriladi.
Kitob o‘z uyqu tartibiga yangicha nazar bilan qarashga va sifatli dam olish miya hamda organizmning normal faoliyati uchun nima sababdan muhimligini tushunishga yordam beradi.

