Do‘stlari va dushmanlari orqavarotdan Muhammad ibn Salmon Ol Saudni oddiygina MBS deb atashadi. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi hali qirq yoshga to‘lmagan bo‘lsa-da, u allaqachon dunyodagi eng nufuzli va munozarali siyosatchilardan biri hisoblanadi. Shahzoda maftunkor, ayyor va tavakkalchilikka moyil, u o‘z obro‘sini ehtiyotkorlik bilan himoya qiladi, sodiq ittifoqchilarni qadrlaydi, G‘arb va Sharq siyosatchilari bilan tengma-teng muloqot qiladi. U qisqa vaqt ichida saroy intrigalarida g‘alaba qozondi, qat’iy ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini erkinlashtirdi va mamlakatning neft daromadlariga qaramligini kamaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar dasturini e’lon qildi. MBS saudiyaliklar me’yorlari bo‘yicha ham hashamatli turmush tarzi bilan tanilgan, siyosiy raqiblari, tanqidchilari va mustaqil jurnalistlarni shafqatsizlarcha jazolaydi. Taniqli The Wall Street Journal tergovchi jurnalistlari o‘zlarining shov-shuvli kitobida Muhammad ibn Salmonning hokimiyat cho‘qqilariga ko‘tarilishi haqidagi haqiqatni hikoya qilib, Saudiya Arabistoni va butun Yaqin Sharqning zamonaviy siyosiy maydoniga o‘ziga xos nazar tashlaydi.

