G‘ayritabiiy sabablar
Adabiyotchilarning kichik koloniyasi dahshatli qotillikdan larzaga keldi. Qirg‘oqqa kelib to‘xtagan qayiqda mashhur detektiv romanlar muallifining jasadi topildi. Xolasinikiga mehmonga kelgan tajribali tergovchi Adam Delglish tergovni boshlashga majbur bo‘ladi. Tez orada u kutilmagan xulosaga keladi: koloniyadagi har bir odamning yashiradigan narsasi bor...
Nightingale siri
Sirli qotilliklar Angliyaning qoq markazida joylashgan, mehribonlik hamshiralarini tayyorlaydigan ta’lim muassasasi - Nightingale uyida sodir bo‘ladi. Tutqich bermas jinoyatchi birovning dardi va iztirobini yengillatishga da’vat etilgan qizlarni shafqatsizlarcha jazolaydi. Aftidan, u barcha kasalliklarning eng yaxshi davosi o‘lim ekanligini isbotlamoqchiga o‘xshaydi...
Qotilni to‘xtatish uchun Adam Delglish Nightingale uyining yashirin dunyosiga - janjalli ehtiroslar, jinsiy aloqa, zo‘ravonlik va... uyat dunyosiga sho‘ng‘ishga majbur bo‘ladi.

