O‘tmish tibbiyoti haqida qanchalik ko‘p bilamiz? Kasalliklarni davolash tamoyillari, dorilar va jarrohlik usullarining paydo bo‘lishi haqida? Aslida unchalik ko‘p emas, chunki hayratda qolgan o‘quvchida tug‘iladigan birinchi savol - tibbiyot va din mohiyatan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan davrda odamlar qanday yashagan? Dahshat, xolos... Kasallikdan keyin shunchaki omon qolishning o‘zi katta muvaffaqiyat va yutuq bo‘lgan o‘sha paytlarda inson uchun yashash naqadar qiyin edi!
Tibbiyot tarixi insoniyat tarixining eng muhim qismi bo‘lib, u istilolar, to‘ntarishlar va inqiloblar tarixidan kam qiziqarli emas. Kasalliklarni davolashga oid bilimlar ibtidoiy davrlarda paydo bo‘lgan va o‘shandan beri ko‘p asrlar davomida va turli madaniyatlarning rivojlanishi doirasida tibbiyot aql bovar qilmas darajada o‘zgargan. Qadimgi Misrda kasalliklarni qanday yengishgan va Qadimgi Hindiston tibbiyoti nimasi bilan ajralib turgan? Nima uchun xitoylik shifokorlar inson tanasi haqidagi zamonaviy bilimlar nuqtayi nazaridan Yevropadagi o‘rta asr shifokorlariga qaraganda ko‘proq haq edilar? Butun boshli shaharlar va xalqlar epidemiyalarga qarshi qanday kurashdilar va jamiyat vaksinalar yaratish haqidagi dastlabki yangiliklarni qanday kutib oldi?
Endi sizda bu o‘zgarishlarning barchasini kuzatish imkoniyati bor, chunki qo‘lingizda tibbiyot tarixi bo‘yicha hozirda mavjud bo‘lgan eng to‘liq sharh bor. G‘alati, qiziqarli, tushuntirib bo‘lmaydigan, hayratlanarli... – tibbiy bilimlar rivojida burilish nuqtasi bo‘lgan voqea va vaziyatlarni yana qanday nomlaysiz? Tanlov o‘zingizda.

