• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: eco
• Sahifalar 300
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Kitob Russ tilida
• Batafzil o'qing😊
Uning hayoti nihoyat ma’no kasb etgandek edi. Kasalmand yigit - Jonaning paydo bo‘lishi bilan Keysi to‘shagidan o‘tayotgan begonalarning keti uzilmasligini, shu vaqtgacha yashagan ichkilikbozlik va maishatni unutdi. Lekin hech narsa abadiy davom etolmaydi. Ayniqsa, baxt.
Jonni kasallik olib ketdi, u endi yo‘q.
Qayg‘udan qochib, Keysi yana eski odatlariga qaytadi. Ha, musiqa uning hayotidan hech qayoqqa ketmagan. Odamlar hali ham nota va so‘zlarda mujassam bo‘lgan og‘riqni zavq bilan tinglashadi. Lekin Jonga berilgan va’dani bajarish tobora qiyinlashib borardi. Nahotki shuncha mashaqqat bilan chiqib olgan jarlikka yana sho‘ng‘ib ketsa?
Teo uchun akasining o‘limi o‘z hayotining yakuni bo‘ldi. Har holda, unga shunday tuyulardi. Oila chok-chokidan so‘kilib ketgan, u qaysi yo‘lni tanlashni, qaysi qadamni to‘g‘ri qo‘yishni bilmasdi. Ha, u Jonga ba’zi narsalarni va’da qildi. Ammo hamma narsa murakkab bo‘lsa, qanday qilib so‘zda turish mumkin?!
Og‘riq bilan birlashgan Teo va Keysi yaqinlashishga, o‘zlarining singan yuraklarining parchalari asosida do‘stlik qurishga harakat qilishadi. Aftidan, ular qo‘lni qo‘lga beribgina ayb va g‘am girdobidan chiqib keta oladilar. Balki ular yana kulishni, ishonishni va sevishni o‘rganishar. Lekin qorong‘ilikka yiqilib tushmaslik uchun bir-birlarini suyab qolishga kuchlari yetarmikin?

