• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Shermuhammad Berdimuradov
• Sahifalar soni: 320
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
“Nazariy kimyo” – kimyo fanining fundamental qonuniyatlari, muhim nazariy tushunchalari va asosiy ilmiy tamoyillarini tizimli, mantiqiy va vizual yondashuv asosida yorituvchi zamonaviy o‘quv qo‘llanmadir. Unda murakkab kimyoviy jarayonlar sodda va aniq izohlar, jadvallar, sxemalar hamda vizual tasvirlar orqali tushunarli shaklda bayon etilgan.
Kitob, avvalo, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, kimyo fanidan zarur fundamental nazariy bilimlarni shakllantirishi va ularni amaliy topshiriqlarda qo‘llay olishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Shuningdek, qo‘llanma kimyo fanidan milliy sertifikat imtihonlarida B+, A va A+ darajadagi natijalarga intilayotgan o‘quvchilar uchun mustahkam nazariy poydevor yaratishga xizmat qiladi.

