Modernist yozuvchi Nazar Eshonqulning Tersota qishlog'i odamlari haqidagi hikoyalari an'anaviy uslubni esga solishiga qaramay dunyoni faylasuf-ekzistensialist nigohi bilan kashf etish ruhini saqlab qolgan. Bu ruh soddadil qishloq odamlarining ichki dunyosini tasvirlash, ularning orzu-umidlari, oʻy-fikrlari, armonlari, dard va kechinmalarini tushuntirish, yetkazishni o'z oldiga maqsad qilib oladi hamda uddasidan chiqadi. «Momoqoʻshiq», «Qultoy»,«Farishta», «Shamolni tutib bo'lmaydi» hikoyalarida nomus, odamgarchilik, sadoqat, sevgi qadriyatlari o'zining qadimiy va barhayot ranglari bilan o'quvchi qalbiga kirib boradi.
ISBN : 978-9910-9049-2-9
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 192
Chop etilgan yili : 2024
Nashriyot : Yoshlar matbuoti
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Muallif : Назар Эшонқул

