Bugun kitobxon tarixchi-etnograf Umar Xayyom bilan uchrashib
turibdi: uning "Navro'znoma" asari uzoq tariximizdan, Navro'z bayra-
mining kelib chiqishidan, shunga bog'liq ajdodlarimizning urf-odat-
laridan hikoya qiladi. Zero, fasllar kelinchagi hisoblanmish bahor
Navro'z ayyomini bayram qilish - O'rta Sharq va O'rta Osiyo mamla-
katlarining qadimiy an'anasidir. Navro'z ayyomi insonning juda qadim-
qadimgi udum, urf-odatlari, kundalik turmush ehtiyojlari, atrof-muhit,
tabiat omillari bilan mutanosib tarzda vujudga kelgan. Asrlar osha
bu urf-odatlar mamlakatlar, xalqlar o'rtasidagi mehr-oqibat rishtala-
rini bog'lash hamda iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanishi zami-
nida keng yoyila borgan, mazmunan boyigan hamda ma'lum o'lkalar
doirasida tarqalib, mustahkam an'anaga aylangan. Ayniqsa, ushbu
kitobning to'ldirib tayyorlangan uchinchi fasli xayyomshunos ijod-
korlarning Umar Xayyom va "Navro'znoma" haqidagi ko'plab qiziqar-
li maqolalarini o'z ichiga qamrab olganligi bilan nihoyatda keng aha-
miyat kasb etadi. Risola keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

