“Navoyshunoslik – Imtihonbop testlar” kitobi Alisher Navoiy ijodini tizimli va mukammal o‘rganishga yordam beruvchi amaliy qo‘llanmadir. To‘plamda 63 g‘azal va 63 qit’a asosida tuzilgan test savollari, tahliliy topshiriqlar va mustahkamlovchi mashqlar berilgan.
Kitob milliy sertifikat, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari hamda adabiyot fanidan chuqurlashtirilgan tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Savollar mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va badiiy matnni chuqur anglash ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

