• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil.
• Tuzuvchi: Odiljon Avaznazarov
• Sahifalar soni: 320
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu o‘quv qo‘llanma uch bo‘limdan iborat bo‘lib, dastlabki qism “Alisher Navoiy dostonlari badiiyati” deb nomlanadi. Unda Alisher Navoiyning “Xamsa” tarkibiga kiruvchi besh dostoni hamda “Lisonu-t-tayr” asarlarining ba’zi poetik jihatlari tadqiq qilingan.
Qo‘llanmaning ikkinchi qismida shoirning “Xazoyinu-l-maoniy” kulliyotidagi 50 ga yaqin g‘azal, uchinchi qismida esa 50 ta qit’a, to‘rtinchi qismida Navoiyning salaflari va xalaflari ijodiga oid 14 ta g‘azal mumtoz poetik ilmlar – ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’ asosida tahlil qilinadi, ularga nasriy bayon va sharhlar beriladi.
Foydalanuvchilar ushbu qo‘llanma mutolaasi natijasida quyidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
– Alisher Navoiy dostonlarining ba’zi poetik jihatlari, qolaversa, muallifning tasavvufiy dunyoqarashi haqida ma’lumot oladilar;
– Navoiyning komil inson ma’naviyati haqidagi qarashlarini ilmiy jihatdan asoslangan dalillar bilan chuqur o‘rganish va hayotga tatbiq etish usul va vositalari bilan tanishadilar;
– badiiy ijod namunalarini o‘rganish orqali badiiy so‘z shukuhi, o‘zbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalanish malakasi shakllanadi;
– Navoiy asarlarining o‘zbek xalqi ma’naviyati shakllanishi va rivojiga ko‘rsatgan ta’siri haqida ma’lumot olish orqali milliy ma’naviyatimizning teran ildizlari haqida tasavvur hosil qiladilar;
– Alisher Navoiyning badiiy olami tabiati va qonuniyatlarini tadqiq etish, asarlari mohiyatini teran anglash, xususan, g‘azal va qit’alarini to‘g‘ri tahlil va tadqiq etish ko‘nikmasini hosil qiladilar;
– egallangan bilim va ko‘nikmalarni jamiyatda ezgu insoniy fazilatlarning barqaror bo‘lishiga yo‘naltirish malakasi hosil bo‘ladi.

