• Model: Logitech H111
• Turi: Simli stereo headset
• Dinamik turi: Stereo
• Mikrofon: Noise Cancelling
• Mikrofon turi: Unidirectional
Logitech H111 — online darslar, videokonferensiyalar, call-markazlar va kundalik muloqot uchun mo‘ljallangan qulay simli stereo quloqchin. Yengil konstruktsiyasi va sozlanadigan bosh qismi uzoq vaqt foydalanishda ham qulaylik yaratadi.
Model stereo ovoz tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, musiqa, videoqo‘ng‘iroq va multimedia uchun aniq ovoz taqdim etadi. Shovqinni kamaytiruvchi mikrofon suhbat vaqtida ovozni yanada tiniq uzatadi. Mikrofon aylanuvchi konstruktsiyaga ega bo‘lib, uni chap yoki o‘ng tomonda ishlatish mumkin.
Quloqchin 3.5 mm audio va mikrofon ulagichlari orqali kompyuter va noutbuklarga ulanadi. Plug & Play texnologiyasi sabab qo‘shimcha dastur o‘rnatish talab qilinmaydi.
Logitech H110 ishonchliligi, yengil vazni va qulayligi sabab ofis xodimlari, talabalar va masofadan ishlovchilar uchun mashhur tanlov hisoblanadi.

