Xvosh ekstrakti bilan boyitilgan shampun maxsus ravishda sochlarni mustahkamlash va sog'lom ko'rinish berish uchun ishlab chiqilgan. Tarkibidagi xvoş ekstrakti soch ildizlarini oziqlantiradi va mustahkamlaydi. Aloe vera, romashka, qoqi va ko‘k choy kabi o‘simlik ekstraktlari bilan boyitilgan bu shampun bosh terisini namlaydi va tinchlantiradi. Biotin va pantenol esa sochlarga yumshoqlik va tabiiy yorqinlik bag‘ishlaydi. Doimiy qo‘llanganda, sochlaringiz yanada zich, sog‘lom va mustahkam bo‘lishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi: Nam sochlarga yetarli miqdorda surting, barmoqlar bilan massaj qiling va ko‘pirtiring. Yaxshilab yuving. Zarur bo‘lsa, takrorlang. Natijalarni yaxshilash uchun muntazam foydalaning.
Ogohlantirish: Faqat tashqi foydalanish uchun. Ko‘zga tegishidan saqlaning. Tegsa, suv bilan yuving. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang. Quyosh nuri tushmaydigan salqin va quruq joyda saqlang. Tarkibiy qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, ishlatmang.

