"Inson har xil bo‘lmag‘ur gaplar bilan boshini qotirib o‘tirmasligi kerak. Xotinim buni menga tinmay takrorlaydi. Ismi Lenka, yoshi 34 da, ko‘zlari jigarrang, eklerlarni, Italiya futbol terma jamoasini va pulni yaxshi ko‘radi. Biror marta menga xiyonat qilmagan. Har holda, bu haqda og‘iz ochmadim. Kim biladi, ular u yerda nimalar haqida sukut saqlaydilar. Men uni o‘sha zahoti o‘ldirgan bo‘lardim. Lekin, umuman olganda, biz yaxshi yashayotganga o‘xshaymiz. Ba’zan kulgili ham bo‘ladi. Pulga xuddi xudoga ishongandek ishonadi. Har xil bo‘lmag‘ur gaplar bilan boshingni qotirma, deydi. Qiziq, unda uni nima bilan urish kerak ekan?.."

