Hayotda biz tasodifga tayanmaslikka, "og‘ir-vazmin qarorlar" qabul qilishga, "hamma narsani nazorat ostida ushlashga" harakat qilamiz, aslida esa ko‘pincha qoliplarga tushib qolamiz, sabab va oqibatni chalkashtirib yuboramiz va tanqidiy fikrlashdan mahrum bo‘lamiz.
Aqliy kaltabinlik va o‘ziga ishonch ko‘pincha bizga qimmatga tushadi. Tasodif muvaffaqiyatning ham, muvaffaqiyatsizlikning ham asosi bo‘lishi mumkin. Tasodifiy hodisani oldindan aytib bo‘lmaydi, lekin unga tayyorgarlik ko‘rish va hatto uni o‘z foydasiga hal qilishga harakat qilish mumkin.

