To‘rt daryo shahrida qanday qilib to‘satdan uy paydo bo‘lganini hech kim tushuntirib berolmasdi. Unda yashovchi Orxideya Montoyya ismli ayolning qayerdan paydo bo‘lganini hech kim bilmasdi. Mahalliy aholi uni jodugar deb hisoblagan, chunki uning uyi yaqinida qurg‘oqchil vodiy o‘rtasida voha paydo bo‘lgan.
U uzoq umr ko‘rib, o‘zidan ko‘p sir-sinoatlar qoldirdi. Uning o‘limidan yetti yil o‘tgach, qandaydir nurli sharpa Montoylar avlodini yo‘q qila boshlaydi. Halokatdan qutulish uchun Orxideyaning to‘rt nafar vorisi uning o‘tmish sirlari yashiringan joy - Ekvadorga yo‘l oladi.

