XX asr quyoshining botishi... Zamonamizning eng buyuk saltanatlaridan biri inqirozga yuz tutish arafasida. Kreml cho'qqisidagi rahnamolar kuchli buxrondan qutulish umidida turli nayranglar va fitnalar uyushtirmoqda. Bu kabi siyosiy o'yinlarning natijasida esa minglab, millionlab odamlar jabr ko'radi. Muallif, dolzarb davr fojialarining kelib chiqish sabablarini va oqibatlarini ochib berishga intiladi.
Kitobda oddiy odamlar bilan birga, jinoyat dunyosi vakillari, mafiya sardorlari va pulga mukkasidan ketgan kishilarning hayoti ham aks etadi. Shu bois, ushbu asar detektiv-sarguzasht janriga kiradi.
«Tubsizlik» asari uchta fasldan iborat bo‘lib, siz bu kitobda birinchi va ikkinchi fasl bilan tanishasiz.

