Taqdir... Biz hech qachon unga o‘z hukmimizni o‘tkaza olmaymiz. Ammo ba’zan qarorlarimiz uni o‘zgartirib yuborishga qodir. Bolalikdan birga o‘sgan Anis va Malakni muhabbat rishtalari bog‘laydi. Taqdir esa ularning yo‘lini ayro qiladi. Shahri azim poytaxtga o‘qishga kirgan Anis jondan aziz insonining to‘yi ustiga keladi. Afsuski... Ularning uchinchi taqdiri kim? Muhabbat ularni yana birlashtirishga qodirmi? "Uchinchi taqdir" asarida shu savollarga javob topasiz.

