Choy va boshqa issiq ichimliklar uchun mo‘ljallangan nafis dizayndagi shisha stakan. Mahsulot qalin va issiqqa chidamli shishadan tayyorlangan bo‘lib, kundalik foydalanish uchun qulay.
Stakanning o‘ziga xos bezakli ko‘rinishi va kapalak shaklidagi elementi unga chiroyli ko‘rinish beradi. Tutqichi shar shaklidagi dizaynda bo‘lib, ushlash uchun qulay.
Uy sharoitida foydalanish, mehmon kutish yoki sovg‘a sifatida ishlatish mumkin.

