• Charm muqovali
• Har bir rangda mavzular alohida
• Allohning 99 ismi
• Skanerda o'qiydi
• Ichki qismi turli xil rangda
• Zamokli Qur'on
Qur'oni Karim Alloh taolo tushirgan kitoblarning oxirgisidir, bu Kitob tushirilgan payg'ambar esa, payg'ambarlarning xotami, ya'ni oxirgisidir. U zot da'vat qilgan din xam dinlarning oxirgisidir. Bu Kitob eng katta, abadiy mo'jizadir, yetuk hujjatdir. Alloh u bilan musulmonlarni aziz qiladi. Ularga agar shu Kitobni mahkam tutsalar, dunyo va oxirat saodatini va’da qildi. Olimlar uni o'rganishga, yodlashga, saqlashga, tafsir qilishga katta e'tibor berishgan. U ummatning oldingilariyu keyingilarining asosiy e'tiborida bo'lgan. Hech bir kitob Quroni Karimga berilgan e'tiborga musharraf bo'lgan emas. Ulamolar Quron ilmlari, masalalari bo'yicha qimmatli kitoblar, asarlar yozishgan. Uning tafsiri, rasmi, qiroati, to'planishi, yozilishi, nosix va mansuxi, nozil bo'lish sabablari, mo'jizaligi, majozi, misollari, fazilatlari, qiyin so'zlarining ma'nolari, oyat va suralarining o'zaro bogliqligi kabi mavzularda alohida kitoblar yozilgan.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Temirga suv tegsa zanglaydi. Xuddi shunga o'xshab qalblar-ni ham zang bosadi", - dedilar. Shunda: "E Rasululloh, uning jilosi nima ?", - deb so'raldi. U zot:"O'limni ko'p eslash, Qur'on o'qish", - deya marhamat qildilar" (Bayhaqiy rivoyati).

