Oxirgi paytda «Qaysi shayxga qo‘l bersa bo‘ladi?» kabi savollarni beradiganlar ko‘payib ketdi. O‘zimizda bunga sazovor odamlar bo‘lmasa, boshqa taraflarga borishga tayyorman deganlar ham yo‘q emas. Bu holatlarni mulohaza qilib, tasavvufdagi fikriy tushunchalar yetarlicha bayon qilinsa ham, amaliy jihatdan biror narsa yo‘qligi mulohaza qilindi. Ko‘pchilik bilan maslahatlashib, xuddi fiqhdagi kabi o‘zimizning naqshbandiya tariqatidagi amaliy ishlarni yoritib beruvchi qo‘llanma tayyorlash kerakligi mulohaza qilindi. Shu niyatda qo‘lingizdagi risolani tayyorlashga qaror qilindi.

