• Yumshoq Muqova
• Yorqin va qulay shriftlar
Amerikalik mashhur yozuvchi Napoleon Xillning barcha asarlari bugungi kunda butun dunyo kitob ixlosmandlari tomonidan sevib o‘qilmoqda. Ushbu jamlanmada biz sizga Napoleon Xillning eng sara asarlari: “O‘yla va boy bo‘l”, "Millionerlar va milliarderlar sirlari”, "Muvaffaqiyat qonuni” kitoblarini G‘ayrat Ernazarov tomonidan amalga oshirilgan tarjima holida o‘qib chiqish imkoniga ega bo‘ldingiz.
Oyla va boy bol
Ushbu kitob o‘z oldingizga maqsad qo‘yishni, ishonch tuyg‘usini mustahkamlashni, turli sinovlarni yengib o‘tishni, izlanishni o‘rgatadi. Shuningdek, maxsus bilimlar, aql-zakovat, ortga chekinmaslik haqida keng tushuncha beradi. Kitob boy fikrlash, orzu-istaklar ustidan hukmron bo‘lish, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan. Siz hayotda qanday qilib maqsadga yetish va qatʼiyatli bo‘lishning aniq rejasini topasiz. Bu esa har bir ishda sizga qo‘l keladi.
Kitobda ko‘plab insonlar hayotidan olingan ibratli misollar keltirilgan. Unda fikr kuchi, g‘ayrat-shijoat, baxt-saodatga erishish yo‘llari, muvaffaqiyatning oddiy sirlari bayon etilgan. Omad sari undovchi tamoyillar, yo‘nalish, qoidalar bilan boyitilgan. Aniq maqsad qo‘yib, unga sari chalg‘imay borish uchun nimalar qilish kerakligi muxtasar aytib o‘tilgan. Garchand kitobning ayrim o‘rinlarida Napoleon Xill tilidan hikoya qilinmasa-da, uning qarashlari, nuqtai nazari, tamoyillari o‘z aksini topgan.
Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

