Ushbu kitob namoz ibodatini endi o'rganayotganlar va o'z bilimlarini mustahkamlamoqchi bo'lganlar uchun mo'ljallangan. Unda tahoratning farzlari, sunnatlari va odoblari rasmlar yordamida tushuntirilgan. Namozning har bir rukni (qiyom, ruku, sajda va h.k.) qanday bajarilishi, unda o'qiladigan sura va duolarning o'qilishi hamda ma'nolari keltirilgan. Kitobning o'ziga xosligi shundaki, barcha matnlar ham lotin, ham kirill alifbosida berilgan, bu esa barcha yoshdagi kitobxonlar uchun mutolaani osonlashtiradi. Shuningdek, kundalik hayotda o'qiladigan zaruriy duolar va suralar ham ilova qilingan.
Namoz — mo'minning me'rojidir. Uni to'g'ri va mukammal o'rganish har bir musulmon uchun farzdir. Ushbu kitob nafaqat o'zingiz uchun, balki ota-onangiz, farzandlaringiz yoki yaqinlaringiz uchun eng hayrli sovg'a bo'ladi. "Family Book" do'koni sizga ushbu ma'naviy xazinani qulay va sifatli nashrda taqdim etadi.

