• Teri iflosliklar, chang va ortiqcha yog‘dan samarali tozalanadi
• Yog‘li yaltiroqlik kamayadi, teri yanada mat va tiniq ko‘rinadi
• Teri sathi silliqlashadi, poralar va qora nuqtalar kamroq seziladi
• Teri namlangan va yumshoq bo‘ladi, quruqlik va taranglik hissi yo‘qoladi
Lagom Cellup pH Cure Foam Cleanser sezgir terini muloyim va ehtiyotkorlik bilan tozalaydi, chang, iflosliklar va o‘lik hujayralarni samarali olib tashlaydi hamda ortiqcha yog‘li yaltiroqlikni nazorat qilishga yordam beradi.
Vosita teri relyefini tekislaydi, yog‘ bezchalari va qora nuqtalarning ko‘rinishini kamaytiradi, tirnash xususiyati keltirib chiqarmaydi, terini quritmaydi va yuvilgandan so‘ng taranglik hissini qoldirmaydi. Natijada teri qulay, yumshoq va namlangan holatda bo‘ladi.
Penkа tarkibida patentlangan Aqualicia® kompleksi mavjud bo‘lib, u akvaporinlar deb ataladigan maxsus oqsillar ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Akvaporinlar namlikni terining chuqur qatlamlariga yetkazib beruvchi suv kanallari sifatida ishlaydi. Aqualicia® optimal namlik darajasini saqlaydi, suvsizlanishni oldini oladi, NMF darajasini oshiradi va terining tabiiy himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi.
Vositaning neytral pH darajasi gidrolipid mantiyaning yaxlitligini saqlaydi. Penka tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, terini namlik bilan to‘yintiradi va yog‘ ajralishini kamaytirishga yordam beradi. Har kuni foydalanish uchun mos bo‘lib, barcha oila a’zolari uchun qulay.

Qo‘shimcha faol komponentlar:
Barcha teri turlari uchun mos, jumladan sezgir va muammoli teri uchun ham.
Qo‘llash usuli: yetarli miqdordagi vositani ko‘pirtiring, teriga surting, yuzingizni yuving va iliq suv bilan yuvib tashlang.

