Namlashtiruvchi quyoshdan himoya qiluvchi krem Round Lab Birch Juice Moisturizing Sun Cream SPF50+ PA++++ yangi avlod barqaror kimyoviy filtrlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, terini agressiv quyosh nurlaridan samarali himoya qiladi, optimal namlik darajasini saqlaydi va himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi.
Barqaror kimyoviy filtrlarga ega ushbu namlantiruvchi sanaskrin:
• vitaminlarga boy qayin sharbati bilan boyitilgan bo‘lib, terini oziqlantiradi va parvarish qiladi;
• UVA va UVB nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi, teriga qulay taqsimlanadi, oq iz qoldirmaydi va kun davomida sezilmaydi (asosida kimyoviy filtrlari mavjud);
• tirnashgan terini tinchlantiradi;
• qizarish va noqulaylik hissini kamaytiradi;
• tiklanish jarayonini rag‘batlantiradi;
• kun davomida optimal gidrolipid balansini saqlaydi, hujayralarni namlik va oziqa moddalari bilan to‘yintiradi;
• namlikning bug‘lanib ketishini oldini oluvchi himoya qatlam hosil qiladi;
• kuchli antioksidant parvarish taqdim etadi.
Teksturasi yengil namlantiruvchi essensiyani eslatadi, tez so‘riladi va yopishqoqlik qoldirmaydi. Krem kuchli ultrabinafsha himoyasini ta’minlaydi (SPF50+ / PA++++) hamda oq qatlam va yopishqoq izlar qoldirmaydi.
Yengil formulaga ega bo‘lgan ushbu quyoshdan himoya qiluvchi krem shahar sharoitida kun davomida qayta surtishni talab qilmaydi.
Barcha teri turlari uchun mos. Yog‘li va aralash teri egalari uchun kunduzgi krem o‘rnini bemalol bosishi mumkin.

