Bosh tarkibiy qismlar va ularning ta’siri
To‘plam nomidagi 3HA — terini parvarish qiluvchi 3 xil kislota majmuasini anglatadi:
- AHA (Alpha Hydroxy Acid): Terining ustki o‘lik hujayralarini muloyimlik bilan tozalaydi, teri yuzasini silliqlaydi va rangini tenglashtiradi.
- BHA (Beta Hydroxy Acid / Salitsil kislotasi): Teshiklar (poralar) ichiga chuqur kirib borib, to‘plangan yog‘ va qora nuqtalarni eritadi. Akne paydo bo‘lishining oldini oladi.
- PHA (Polyhydroxy Acid): Namlikni saqlagan holda terini juda muloyim tozalaydi. Sezgir teri uchun ham mutlaqo xavfsiz va ta'sirlanish (irritatsiya) chaqirmaydi.
- Choy daraxti ekstrakti (Tea Tree) va Centella Asiatica: Teridagi yallig‘lanish va qizarishlarni tinchlantiradi, mikroblarni o‘ldiradi va terining tiklanishini tezlashtiradi.Bu to‘plam kimlar uchun mos?
- Yuzida akne, husnbuzar va qora nuqtalar tez-tez chiqadiganlar uchun;
- Yuzi tez yog‘lanib ketadigan va teshiklari kengayganlar uchun;
- Terisi ta’sirchan, lekiga kislotali parvarishni sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun;
- Sayohatga chiqayotganlar yoki mahsulotning katta hajmini sotib olishdan oldin sinab (test qilib) ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun juda qulay.