Ichimlik hushbo'y Na'matak mevalaridan tayyorlangan bo'lib, o'zida barcha foydali komponentlarni, vitaminlar va mikroelementlarni saqlab qolgan. Qon bosimini normallashtirishga yordam beradi, ishtahani, jigar faoliyatini, oshqozon-ichak traktini yaxshilaydi va immunitetni oshiradi. Boy va yoqimli ta’mga ega bo‘lib, tabiiy hid va yuqori miqdordagi C vitamini bilan ajralib turadi. Kundalik iste’mol uchun mos, butun oila a’zolari ichishi mumkin.


