1911 yili Qohirada amaldorlar oilasida dunyoga kelgan Najib Mahfuz Qohira Davlat Universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. Uning «Ibtido va intiho», «Muddaq ko‘chasi», «O‘g‘ri va it», «Yomg‘ir ostidagi sevgi», “Yo‘l”, “Bechora” kabi asarlarini hozirgacha kitobxonlar sevib mutolaa qilishadi.
1988 yili «Bashariyat uchun ahamiyatli bo‘lgan arab hikoyachiligining haqqoniyligi va rang-barangligini ko‘rsatib bergani uchun» adibga adabiyot sohasida Nobel mukofoti beriladi.
Najib Mahfuz o‘z hikoyalarida shunday insonlarni tasvirlaydiki, ular oddiy kasb egalari, garchi kirakash yoxud kambag‘al oila farzandi bo‘lsalarda, qahramonlarni qiynayotgan savollaru jumboqlar o‘quvchinida o‘yga toldiradi, bosib o‘tgan umr yo‘liga o‘girilib qarashga majbur etadi. Kulgi, fojialar ila boyitilgan hikoyalar, shubhasizki, chuqur falsafa bilan ham sug‘orilgan. Bizdan talab qilinadigan narsa esa ularni o‘qish va uqishdir.
Rus tilidan Lola Shoimova tarjimasi

