Butun bir millatning ilmli boʻlishi avvalo ayol-qizlarning savod chiqarishi bilan boshlanadi!
Nadiya Ramazon qalamiga mansub “O‘qing, ey ayollar!” kitobida ham bosh g‘oya sifatida ayollarning ilm olish zarurati, ma’naviy uyg‘onish, o‘zini rivojlantirish va jamiyatdagi o‘rni haqida yozilgan.
Kitob tushunishga oson bo‘lishiga qaramay, ayollarning bilim olishi jamiyatdagi dolzarb masala ekanligi, qolaversa, ayollarni o‘qitish uchun imkon yaratish ayni kunlardagi muammo sifatida ham gavdalangan
Kitobda ayol nafaqat ona va turmush o‘rtoq, balki jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, ko‘p ishlarda mas’ul shaxs sifatida tasvirlanadi.

