Sumkalar to‘plami 3 tasi 1 da: sumka, klatch va karta ushlagich yagona uslubda
Tilla rangli furniturali ekoteridan tayyorlangan uchta aksessuar. Ularni birga ham, alohida ham olib yurish mumkin: sumkani har kuni, klatchni kechki tadbirlarga, karta ushlagichni kartalar va pullar uchun. To‘plam qutida sotiladi, uni sovg‘a qilish qulay.
Ranglar: sutrang, bordo, qora, terrakota.
To‘plam tarkibi
1. Yelka sumkasi, 24 × 15 × 7 sm
Smartfon, pasport, kosmetichka va kalitlarga sig‘adi.
Old tomoni relyefli burmalar va dekorativ metall plastina bilan bezatilgan.
Ikki xil olib yurish usuli: qisqa tutqichdan qo‘lda yoki uzun tasmada yelkada.
Qisqa tutqich yechilmaydi, lekin osongina pastga tushiriladi va sumka tasmada bo‘lganda xalaqit bermaydi.
Uzun tasma 140 sm, olinadigan, uzunligi sozlanadi, tilla rangli karabinlarga ulanadi.
Qulf: magnitli.
Ichki qismi: ingichka chiziqli matodan astar, bitta keng bo‘lim.
2. Mini-klatch, 17 × 12 × 5,5 sm
Telefon, lab bo‘yog‘i, kalitlar va kartalar uchun.
Ikki xil olib yurish usuli: qisqa tutqichdan qo‘lda yoki tilla rangli zanjirda yelkada.
Qisqa tutqich yechilmaydi va xuddi shunday osongina pastga tushiriladi.
Zanjir 120 sm, olinadigan.
Qulf: magnitli.
Ichki qismi: ingichka chiziqli matodan astar, bitta bo‘lim.
3. Karta ushlagich, 10,5 × 8 × 2 sm
Bank va boshqa plastik kartalar uchun garmoshka shaklidagi 11 ta bo‘lim.
Pul va cheklar uchun 2 ta bo‘lim.
Atrofi bo‘ylab tilla rangli molniya bilan yopiladi.
To‘liq jamlanma: sumka, mini-klatch, karta ushlagich, olinadigan tasma, olinadigan zanjir, quti.

