Bu asar nafaqat avtobus haydovchilari va yo‘lovchilari, balki hayot so‘qmoqlarida qoqilib yurgan zamondoshlarimiz haqida. Darhaqiqat, ba’zi yurtdoshlarimiz yengil-yelpi boylik orttirish yo‘lida o‘zlarining insoniy qadriyatlaridan voz kechmoqdalar. Sir emaski, mamlakatdan noqonuniy chiqib ketgan yurtdoshlarimiz xorijda noqonuniy ish bilan shug‘ullanmoqda, ba’zida esa ularga qul sifatida munosabatda bo‘lishmoqda. Afsuski, boylik va behisob daromad ketidan quvib, xor-u zor bo‘lib qaytayotganlar yoki bola-chaqasini, oilasini o‘z holiga tashlab qo‘yayotganlar ham yo‘q emas. Asar hozirgi zamonning dolzarb muammosiga bag‘ishlangan.

