Ushbu roman o‘tgan asrda jinoiy to‘dalar, mafiozlar, bosmachilik, reketlar, karate va ko‘cha janglari, davlat idoralaridagi korrupsiya, Afg‘onistondagi xunrezliklar oqibatida kelib chiqqan fojialar, zo‘ravonlik sindikatlari haqida hikoya qiladi. Asarda oddiy qishloq bolasidan tortib sobiq ittifoq rahbari Leonid Brejnevgacha bo‘lgan qahramonlar qatnashadi.

