Ushbu kitobda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrlarida Masjidun Nabaviy atrofida joylashgan sahobai kiromlarning uylari, ularning aniq o'rni va tarixiy ahamiyati manbalar asosida batafsil tadqiq qilingan. Doktor Muhammad Ilyos Abdulg'aniy Madinai Munavvara tarixiga oid manbalarni o'rganib, o'sha davrdagi shahar tuzilishini yoritib beradi. Shuningdek, kitobda Baqi' qabristonining asl o'rni haqidagi ma'lumotlar, xaritalar va tasvirlar keltirilgan bo'lib, u Islom tarixi va Madina geografiyasiga qiziquvchilar uchun bebaho manbadir.

