AfzalliklariУзумга рахмат вақтида яхши упаковкада етиб келди
Kamchiliklariэнг қимматини олиб ичгандим икки капсуладан икки махал диата ва машқлар б.н афсуски фойда бермади. Пулимга ачиндим
Sotuvchining javobi
Assalomu alaykum!
O2 HERBS mahsulotini tanlaganingiz va fikr bildirganingiz uchun tashakkur. Mahsulot vaqtida va sifatli qadoqda yetib borganidan xursandmiz, biroq kutilgan natijaga erisha olmaganingizdan afsusdamiz.
Buyurtma ma’lumotlariga ko‘ra, siz mahsulotni 25-iyul kuni xarid qilgansiz, sharhni esa deyarli 3 oy o‘tib — 27-oktyabrda qoldiryapsiz. Siz aytgan tartibda (kuniga 2 mahal 2 tadan, jami 4 kapsula) ushbu 240 kapsulali quti roppa-rosa 2 oyga (60 kunga) yetishi kerak edi. Oralikdagi vaqt farqi shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan kunlik muntazam iste’mol qilish tartibiga to‘liq rioya qilinmagan va qabul qilish jarayonida uzoq uzilishlar bo‘lgan.
Mio-inozitol — gormonal fon va moddalar almashinuvini tartibga soluvchi modda bo‘lib, u faqatgina har kuni, uzluksiz ichilganda organizmda to‘planib (nakopitelniy effekt), o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tartibsiz qabul qilinganda esa, afsuski, parhez va mashqlar ham kutilgan samarani bermasligi mumkin.
Afsuski, hozirgi kunda marketpleyslarda mahsulotlar reytingini ataylab tushirish maqsadida nohalol raqobatchilar tomonidan uyushtirilgan salbiy sharhlar qoldirish holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Umid qilamizki, siz bunday toifadagi insonlar qatoriga kirmaysiz va sharhingiz shunchaki mahsulotning ta’sir qilish mexanizmini hamda qabul qilish qoidalarini noto‘g‘ri tushunish oqibatida yozilgan.
Sizga salomatlik tilaymiz va maqsadli natijaga erishish uchun kursni yo‘riqnomaga muvofiq, uzilishlarsiz qayta qabul qilishingizni tavsiya etamiz!
Hurmat bilan, O2 HERBS jamoasi.