• Siklning muntazamligini, sog‘lom ovulyatsiyani, tuxum hujayra sifatini va reproduktiv sog‘liqni qo‘llab-quvvatlaydi
• Sog‘lom sikl
• Oziqaviy qo‘shimcha
• Vegan mahsulot
• GMO’siz
Vitamin B8 (Myo-inozitol) psixo-emotsional holatni normallashtiradi — asabiylik va tashvish holatini kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi hamda uyqusizlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Inozitol qabul qilinganda miya faoliyatining kognitiv funksiyalari sezilarli darajada oshadi. B8 vitamini erkaklar va ayollarning reproduktiv salomatligi uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Inozitol jinsiy gormonlar muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. Erkaklarda testosteron darajasi oshadi, jinsiy hujayralar faollashadi va bepushtlik xavfi kamayadi. Ayollar uchun esa mio-inozitol reproduktiv organlar faoliyatini tiklashga, hayz siklini normallashtirishga yordam beradi. Ushbu vitaminni homiladorlikni rejalashtirish davrida qabul qilish tavsiya etiladi, chunki u tuxum hujayralarning yetilish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Vitamin B8 yengil kosmetik ta’sir ko‘rsatadi — gormonal disbalans tufayli paydo bo‘ladigan aknе (yuzdagi toshmalar)ni kamaytiradi. Mio-inozitol yog‘ almashinuvini normallashtiradi, yog‘li blyashkalarning to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, qon tomirlarini mustahkamlaydi va yurak faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, to‘qimalarning insulinga sezgirligini oshiradi.

