MY NOTE 2in1 Multiple-Effect – bu ko‘p funksiyali makiyaj to‘plami bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 1) namlovchi toning krem, 2) presslangan upa va 3) gubka. Har uchalasi bir qutida bo‘lgani sababli, alohida mahsulotlar sotib olishga hojat qolmaydi — hamyonbop va qulay.
Toning krem yuz rangini bir xil qiladi, yengil teksturasi tufayli terida noqulaylik tug‘dirmaydi. Mahsulot teriga chuqur kirib, uni tabiiy yoritadi. Gialuron kislotasi bilan boyitilgan formulasi terini namlaydi, quruq joylarni yo‘qotadi va yangilanishiga yordam beradi.
Presslangan upa esa yuzga matt effekt beradi, yog‘ ajralishini nazorat qiladi va kun davomida make-upni mustahkamlaydi. Yuzda og‘ir qatlam hosil qilmaydi va g‘adir-budir joylarni yashiradi. Ayniqsa, issiq ob-havoda juda foydali.
Gubka yumuq va zich bo‘lib, toning kremni teng taqsimlashga yordam beradi. Qulay shakli tufayli burun atrofi, ko‘z osti va boshqa nozik joylarga ham yaxshi surtadi. Kundalik foydalanish uchun juda qulay, safarga ham oson olib yuriladi.
MY NOTE 2in1 to‘plami har qanday teri turiga mos keladi. Yengil, ammo uzoq saqlanadigan qoplama beradi. O‘ta och rangli teridan tortib to‘q rangli terigacha ishlatish mumkin. Har kuni ishonchli, silliq va chiroyli yuz terisi uchun ideal vosita.

