Katta muvaffaqiyat ostonasida turgan rassom Iden Foks ilk ko‘rgazmasi oldidan yugurishga chiqadi. U Xoup-Folls shahridagi yaqinda ko‘chib o‘tgan maftunkor eski uyi — «Spayglass»ga qaytganida, hech narsa avvalgidek emasligini ko‘radi. Kaliti eshik qulfiga tushmaydi. Eshikni unga dahshatli darajada o‘xshash bo‘lgan ayol ochadi. Eri esa aynan shu notanish ayol uning qonuniy xotini ekanini ta’kidlaydi.
Bitta uy. Bitta er. Ikki nafar ayol. Kimdir yolg‘on gapirmoqda.
«Erimning xotini» — bu sizni so‘nggi sahifagacha o‘yda qoldiradigan hiyla-nayrang, vasvasa va sir-asrorga to‘la chigal chulg‘amdir. Oila rishtalari haqidagi aql bovar qilmas psixologik trillerga tayyorlaning va hech narsa ko‘ringanidek bo‘lmagan ushbu qissani his qilish uchun «Spayglass» ichkarisiga qadam bosing — agar jur’atingiz yetsa.

