• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil.
• Tuzuvchi: Akbar Idiyev
• Sahifalar soni: 208
• Muqova: yumshoq.
• Til: ingliz tilida
• Format: 84x108 1/16 (A4)
Ushbu kitob o‘zining izchilligi, mavzularning sodda va tushunarli qilib bayon etilganligi bilan boshqa ko‘plab kitoblardan farq qiladi. Qo‘llanmada tuzuvchi faqatgina grammatik mavzular bayoni bilan cheklanib qolmay, matnlar bilan ishlash, rasm, e’lon va grafiklarni tahlil qilishga ham to‘xtalgan. Qolaversa, har bir mavzu bayonidan so‘ng amaliy grammatika mavzulari asosida har xil topshiriqlar, test savollari bilan o‘rganilgan bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Shuningdek, mavzular yanada yaxshiroq tushunarli bo‘lishi uchun har bir mavzu so‘ngida berilgan so‘zlar orqali o‘quvchi o‘zining so‘z boyligini ham boyitishi mumkin. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar, maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar va mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan.

