• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil
• Tuzuvchilar: Jasur Usmonov, Omonjon Nurmurodov
• Sahifalar soni: 320
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Qo‘lingizdagi testlar to‘plami zamonaviy tilshunoslik standartlari asosida tuzilgan bo‘lib, unda fanning barcha muhim bo‘limlari: fonetika, grafika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, morfemika, so’z yasalishi, uslubiyat, imlo(orfografiya), punktuatsiya kabilar to‘liq qamrab olingan.
To‘plamdagi 3500 dan ortiq test topshiriqlari ona tili bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va amalda sinab ko‘rish imkonini beradi.
Testlar mavzulashtirilgan tarzda tuzilgan bo‘lib, ularning har biri muayyan temani nazariy hamda amaliy jihatdan o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Har bir savol mantiqiy fikrlashga, til birliklarining umumiy hamda xususiy tomonlarini tahlil qilishga asoslanadi.
Test topshiriqlari sodda, murakkab va o‘ta murakkab darajalarga bo‘linadi. Ba’zi muhim mavzularga oid testlar ongli ravishda takroran berilgan bo‘lib, bu usul mavzuni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Topshiriqlar matematik kombinatsiyalar bilan boyitilgan bo‘lib, test ishlash jarayonida bilim va malaka bilan birga ziyraklikni ham ishga solish kerak bo’ladi.
Ushbu TESTLAR TO’PLAMI
✓ MILLIY SERTIFIKAT va ATTESTATSIYA imtihonlariga tayyorlanayotgan ona tili o‘qituvchilari,
✓ oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tayyorlanayotgan abituriyentlar,
✓ repetitorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ustozlar uchun mo‘ljallangan.
Test savollarining katta qismi Jasur Usmonov va Omonjon Nurmurodovning “Muxtasar grammatika” qo‘llanmasi hamda maktab darsliklari asosida tuzilgan.

